Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6
Kinostudiya:
Ўзбекфильм
Yil chiqarishni:
2017
Toifa:
ko'rsatilmagan
Tavsif:

Filmda Afg'onistondagi urushda xizmat qilgan zobit Saydulla hayotining so'nggi kunlari aks etgan. Bu voqealar urushdan keyin sodir bo'lganiga qaramay, Saydulla bot-bot xotiralarga berilishi sababli retro sahnalar asosiy voqealarga parallel tarzda rivojlanadi. Film voqealari esa 1989 yil sobiq Qoraqalpog'iston ASSR hududida ro'y beradi. Saydulla kamgap, tund odam sifatida tasvirlangan. U urush fojialarini ko'rgan insonlarning tipik vakili. Urushdan qaytgach ichkilikka berilgan, oqibatda ayolidan ayrilgan va shu sabab yolg'iz o'g'li bilan munosabatlarida muammolar yuzaga kelgan. U bedavo kasallikka chalinganini bilgandan so'ng, ulgurmagan ishlarini tezroq bajarishga shoshiladi. O'zi ishlayotgan o'rta maktabga suv keltirish masalasini hal qiladi, halok bo'lgan quroldosh do'stining nochor qolgan ayoliga uyini xatlab beradi. Biroq uning chekida yana bir reja turar edi. U ham bo'lsa, quroldosh do'stining o'limiga sababchi bo'lgan tanishini topib, uni yo'q qilish. Lekin so'nggi pallada qarorini o'zgartiradi va kimsasiz keng qirda qarshisida ilojsiz turgan xoinning jazosini taqdir hukmiga qoldiradi. 

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor – Rashid Malikov;  
Postanovkachi operator – Bahodir Yo'ldoshev;  
Postanovkachi rassom – Doniyor Abdurahmonov;  
Bastakor – Dmitriy Yanov-Yanovskiy;  
Ikkinchi rejissyor – Baxriddin Aynazarov;  
Kartina direktori – Abduvohid Ahmadxonov; 
Bosh rollarda – Karim Mirhodiev, Nigora Karimboeva, Seydulla Moldaxonov, Zulxumor Mo'minova.  

“O'zbekfilm” kinostudiyasi mahsuloti  
2017 yil, 80 daqiqa.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech