Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Jan 2018

      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 5135-f-son farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika hududidagi harbiy qismlarda va o'quv muassasalarida vatanparvarlik ruhidagi, g'oyaviy tomondan yuksak badiiy va hujjatli filmlarning namoyishlarini tashkil etish, taniqli va yosh kinoijodkorlar ishtirokidagi targ'ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o'tkazish rejasi ishlab chiqildi.

     Ushbu rejaga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan davlat buyurtmasi asosida suratga olingan “Qo'rg'on”, “Jasur”, “Vatan”, “Sardor”, “Baron” kabi badiiy filmlar, “Lochinlar”, “Vatanga xizmat muqaddas burch”, “Unutilmas qaxramonlar”, “O'zbekiston qurolli kuchlari Vatan himoyasida”, “O'g'lonlar”, “Chegara qo'riqchilari”, “Askar uyiga qaytdi”, “Askarning ruhiy holati”, “Mard o'g'lonlar safi” kabi hujjatli filmlarning harbiy qismlarda namoyishi tashkil etilmoqda. 

     Jumladan, joriy yil 10 yanvar kuni Andijon viloyatidagi 33171-harbiy qismda “Lochinlar” hamda “Unutilmas qaxramonlar” nomli filmlar namoyishlari tashkil etildi. Shuningdek, Buxoro shahridagi “Buxoro” kinoteatrida va ko'chma kino qurilma orqali mavzuga oid badiiy hamda hujjatli filmlar namoyishlari tashkil qilinmoqda. 5-6 yanvar kuni Buxoro viloyati hokimligi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi va Agentlikning Buxoro hududiy bo'limi bilan hamkorlikda Andijon viloyatida hizmat qilayotgan 25 nafar buxorlik askarlar hamda Buxoro viloyatida hizmat qilayotgan Andijonlik 25 nafar askarlarning ota-onalari va do'stlari bilan “Mening do'stim-Vatan himoyachisi” mavzuida to'g'ridan-to'g'ri jonli telemuloqot o'tkazildi. Muloqot davomida kontsert dasturi namoyish etilib. askarlar va ularning onalariga bayram sovg'asi tarqatildi. Viloyat tuman va shaharlarda o'tkazilayotgan shu kabi tadbirlar doirasida ko'chma kino qurilmalari orqali film namoyishlari tashkil qilinmoqda. 

      Samarqand viloyatidagi Samarqand harbiy oliy qo'mondonlik bilim yurtida 2017 yil 29-30 dekabr kunlari oliy o'quv yurtining 500 dan ortiq kursant va zobitlari ishtirokida o'tkazilgan tadbir doirasida “Isnod”, “Jondan aziz” va “Sabot” nomli badiiy filmlari namoyish etildi. Shu bilan birga, “Kattaqo'rg'on kinovideo” MChJ tomonidan Kattaqo'rg'on shahrida joylashgan harbiy qismda hizmat qilayotgan 170 nafar askarlar uchun “O'g'lonlar” nomli hujjatli hamda “Jondan aziz” nomli badiiy film namoyishlari bo'lib o'tdi. 2018 yil 7 yanvar kuni viloyatda Milliy armiyamiz va yoshlar shiori ostida o'tkazilgan tadbirda maxsus tablolarda harbiylarga bag'ishlangan hujjatli filmlardan lavhalar namoyish etildi. 

    Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Mudofaa boshqarmasi va Sirdaryo viloyati hududiy bo'limi bilan hamkorlikda tumanlarda va Guliston shahrida joylashgan harbiy qismlarda “O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tinchligimiz va osoyishtaligimiz tayanchi” shiori ostida Harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari bilan ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda. 

   Agentlikning Toshkent shahar hududiy bo'limi tomonidan joriy yilning 4 yanvar kuni Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakultetida, 5 yanvar kuni Milliy gvardiya qoshidagi Toshkent oliy texnika harbiy bilim yurtida, 8 yanvar kuni Mudofaa vazirligining Markaziy klinik kasalxonasida, 9 yanvar kuni Toshkent shahrida joylashgan 71186-son harbiy qismda “Sabot” nomli badiiy va “Askarning ruhiy xolati”, “Lochinlar”, “Unutilmas qaxramonlar”, “O'zbekiston qurolli kuchlari Vatan himoyasida” nomli hujjatli filmlar namoyishlari o'tkazildi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech