Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Jan 2019

                “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” NNT, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Milliy TV telekanali hamkorligida “OLTIN HUMO” milliy kinotaqdimoti 2019 yilning 10 aprel kuni Toshkent shahrida “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan kino sohasidagi barcha ijodkorlarning ijodiy ishlarini keng targ‘ib qilish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ijodkor orasida sog‘lom ijodiy raqobatni shakllantirish kinotaqdimotning asosiy maqsadi hisoblanadi.

       Kinotaqdimot g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.

     - O‘zbek kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “OLTIN HUMO” maxsus mukofoti

-         Eng yaxshi hujjatli film

-         Eng yaxshi animatsion film

-         Eng yaxshi grafika ishi

-         Eng yaxshi ovoz rejissyori

-         Eng yaxshi montaj ishi

-         Eng yaxshi grimm rassomi

-         Eng yaxshi liboslar bo‘yicha rassom ishi

-         Eng yaxshi rassom ishi

-         Eng yaxshi kino bastakori

-         Tomoshabinlar mehrini qozongan film

-         Eng yaxshi operatorlik ishi

-         Eng yaxshi ssenariy

-         Eng yaxshi rejissyorlik ishi

-         Eng yaxshi erkak roli uchun

-         Eng yaxshi ayol roli uchun

-         Eng yaxshi film

Kinotaqdimotda 2017 yil 1yanvaridan 2018 yil 31dekabrga qadar premyerasi bo‘lib o‘tgan davlat va nodavlat studiyalarining to‘liq metrajli badiiy, hujjatli, animatsion kinofilmlari qatnashishi mumkin.

 Arizalar 21 yanvardan 21 fevralgacha qabul qilinadi.

Kinotaqdimot tashkiliy qo‘mitasi faoliyati manzili: Toshkent shahar, Chilonzor ko‘chasi 1-a uy. Tel: 71 277-82-48

 

Batafsil ma’lumot kinotaqdimotning rasmiy veb saytida: Kinoarbob.uz

Manba: не указан
Просмотров: 423
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech