Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Jul 2018
“O‘zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi milliy kinematografiyani rivojlantirish yo‘lida faol ishtirok etayotgan kino san’ati arboblarini birlashtiruvchi davlat muassasidir. Uyushma ilk marta “O‘zbekiston kinematografchilar uyushmasi” sifatida 1958 yil 14 avgustda O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining qarori bilan tashkil qilingan edi. Keyinchalik 1996 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan “O‘zbekkino” Davlat aksionerlik kompaniyasi qoshida O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasi o‘z faoliyatini boshlagan. 2004 yilning 16 martida «Kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi va 2004 yilning 17 martida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zbekkino” DAK “O‘zbekkino” Milliy agentligi sifatida qayta tashkil qilindi. 2017 yilning 28 dekbrida esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №1030-sonli qarori e’lon qilindi va unga ko‘ra “O‘zbekkino” Milliy agentligining Nizomi va uning qoshidagi “O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi”ning Ustavi tasdiqlandi. 12 iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida tashkil etilgan yig‘ilishda ham uyushmaning bugungi kundagi faoliyati va kelajakdagi rejalari kelishib olindi. Yig‘inda “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbariyati, respublikamizda faoliyat olib borayotgan kinoijodkorlar va kino san’ati ustalari ishtirok etishdi. Tadbir savol javoblar, munozara va muhokamalarga boy o‘tdi.
Manba: "O'zbekkino" MA matbuot xizmati
Просмотров: 169
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech