Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Aug 2016

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yosh kinoaktyorlarning professional malakasini oshirish maqsadida, ko‘plab kinoijodkorlarning talab-istak va xohishlarini inobatga olib “O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshida “Kinoaktyor teatr studiyasi” tashkil etilgan edi.

Ushbu studiyada rejissyor Sayfiddin Meliyev rahbarligida Yovdat Ilyosovning “Olachipor ajal” asari asosida “To‘maris” spektakli sahnalashtirilgan bo‘lib, unda Karim Mirxodiyev, Farhod Hudoyberdiyev, Ilmira Rahimjonova, Gulxumor Abdullayeva, Feruza Sobitova, Nargiza Salmonova, Husan Rashidov, Jamila G‘ofurova kabi bir guruh taniqli va yosh kinoijodkorlar turli rollarni ijro etishmoqda.

Ushbu spektaklning ommaviy axborot vositalari vakillari uchun taqdimoti joriy yilning 15 avgust kuni soat 18:00da Respublika Kinochilar uyining Pushti zalida bo‘lib o‘tdi. Keng jamoatchilik uchun taqdimoti 19 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

20 avgustdan boshlab ushbu spektaklni tomosha qilish uchun Respublika Kinochilar uyiga tashrif buyurishingiz mumkin!

Manba: Agentlik matbuot xizmati
Просмотров: 1851
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech