Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Jan 2018
“Islomxo'ja” – ushbu yangi badiiy-publisistik film XX asr boshlarida nafaqat Xorazm muzofoti balki, butun Markaziy Osiyo hududi, hatto Chor Russiyasining amaldorlari orasida yuksak nufuzga ega bo'lgan Xiva xonligining Bosh vaziri Islomxo'janing hayoti va mehnat faoliyati haqida hikoya qiladi.  

O'z davrining taraqqiyparvar, halqparvar davlat va jamoat arboblaridan biri bo'lgan Islomxo'ja 17 yoshidan xonlikning savdo va sanoat markazlaridan biri hisoblanmish Xazorasp bekligiga xokimlik qilgan, 26 yoshida Xiva xonligining Bosh vaziri etib tayinlangan. 

Valiaxd Asfandiyor to'raning hukmronligi davrida Islomxo'ja xonlikning barcha muhim va ma'suliyatli vazifalarini o'z zimmasiga olib, ko'plab inshoatlar qurdirgan. Qator sohalarda islohotlar olib borgan. Biroq, xonlikning eng yuqori amaldori, buyuk islohotchi Islomxo'ja sirli ravishda o'ldirilib, hatto qotillikni fosh etish uchun boshlangan tergov harakatlari bosdi-bosdi qilingan. 

Buning sababi nima, qariyb bir asrlik sirli fojianing javobi qayerda? 



I-Uzoqov.jpg photo_2018-01-20_13-00-58.jpg

“O'zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan Jo'rabek Ro'zmetov ssenariyi asosida, rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olinayotgan “Islomxo'ja” nomli badiiy-publisistik filmida hali-hanuz javobini kutayotgan ushbu qotillik tafsilotlarini o'rganishga bel bog'lagan tadqiqodchi-tarixchi olim oradan bir asr o'tganiga qaramay, mavjud hujjatlarga asoslanib, asl aybdorlar qiyofasini ochishga harakat qiladi. 

photo_2018-01-20_13-00-36.jpg  photo_2018-01-20_13-01-09.jpg photo_2018-01-20_13-01-23.jpg

Filmining rejissyorlik ssenariysini yozish jarayonida ijodiy guruh Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xizmat safarida bo'lib, buyuk ajdodimizning Rossiya bilan bog'liq faoliyatini o'rganib qaytdi. Islomxo'ja obrazini taniqli aktyor Ulug'bek Qodirov ijro etishi kutilmoqda. Shuningdek, ayni kunlarda filmda rol o'ynashi mumkin bo'lgan aktyorlar jamoasi ham saralab olinmoqda. 

photo_2018-01-21_11-07-29-680x510.jpg photo_2018-01-21_11-08-59-680x511.jpg

Agentlik Badiiy kengashining joriy yil 11 yanvarda bo'lib o'tgan navbatdagi yig'ilishida Sankt-Peterburg shahrida tanlangan makon va liboslar asosida film uchun tayyorlangan eskizlar ham muhokama etildi. Ushbu filmni joriy yil “Ezgu-film” kinostudiyasida suratga olish rejalashtirilgan.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech