Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Jul 2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PF–5409-son Farmoniga muvofiq nadbirkorlik faoliyati sohasidagi audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash 
2018 yilning 1 iyun kunidan bekor qilindi.
Bundan buyon, audiovizual asarlarni tayyorlash va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirishga tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan filmlarni ekranda namoyish etilish “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan beriladigan bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida nazarda tutilgan Farmoni ijrosini bajarish maqsadida Agentlik tomonidan tayyorlangan Vazirlar Mahkamasining “Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasining “Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi qabul qilinguniga qadar xususiy kinostudiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlarning respublika kinoteatrlaridagi namoyishini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish vaqtinchalik to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz.
Manba: "O'zbekkino" MA matbuot xizmati
Просмотров: 55
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech