Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
31 Jan 2018
     “O'zbekkino” Milliy agentligida Qozog'iston Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yerik Miltikbayevich Utembayev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda O'zbekiston va Qozog'iston respublikalari o'rtasida qardoshlik, do'stona munosabatlar o'rnatilgani, turli sohalarda hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgan qayd etildi. 

   kaz2.jpg kaz3.jpg

    Jumladan, elchi Yerik Miltikbayevich O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning sa'i-harakatlari bilan mintaqada o'zaro hamjihatlik munosabatlarining yanada mustahkamlanib borayotgani, turli sohalardagi aloqalar tobora jadallashayotganiga urg'u berdi. – Ma'lumki 2018 yil Qozog'istonda O'zbekiston yili deb e'lon qilindi. Bu esa joriy yilda o'zaro aloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan ko'plab loyihalarni hayotga tadbiq etish uchun yaрshi imkoniyat demakdir. O'ylaymanki, “O'zbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda madaniyat, xususan kino yo'nalishida o'zaro manfaatli ishlarga qo'l uramiz, deydi janob elchi. 

     O'z navbatida, “O'zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov ham ikki tomonlama munosabatlarni yanada yangi bosqichga ko'tarish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi, bunda ayniqsa kino san'atining xalqlarimiz shonli tarixi, buyuk siymolari hamda mintaqadagi bugungi tinch-osuda hayotni, muqaddas qadamjolarni dunyoga tanitish, targ'ib qilish orqali Markaziy Osiyoda turizmni rivojlantirishga katta hissa qo'shish salohiyatiga ega ekanligini ta'kidlab o'tdi. 

kaz1.jpg 20180131_120127_HDR.jpg

      O'zaro do'stona va samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda tomonlar shu yil Qozog'istonda o'zbek kinosi kunlarini o'tkazish va istiqboldagi boshqa rejalar xususida fikr almashdilar. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech