Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21 dekabr 2017 y. - 23 dekabr 2017 y.

Joriy  yilning 21-23 dekabr kunlari Alisher Navoiy nomli kinosaroyda "Visla" - II Polsha kinofestivali bo'lib o'tadi. Festival ta'lim, madaniyat va sport sohasidagi Toshkent hamkorlik dasturi doirasida hamda O'zbekiston va Polsha Respublikalari o'rtasida kinematografiya sohasida tajriba almashish maqsadida Polshaning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida “Wspieram” jamg'armasi va “O'zbekkino” Miiliy agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Ushbu kinofestival doirasida 6 ta badiiy va hujjatli filmlar namoyish etiladi. 


Filmlarning namoyish vaqti bilan tanishing:  


1. “Mga maktub-2” – “Mga maktub” kartinasining davomi. Oradan to'rt yil o'tdi. Film qahramonlari navbatdagi yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Doris bilan baxtli bo'lishni orzu qiladigan Mikolay esa yurak yutib uning qo'lini so'rolmaydi. Shunda o'g'li Kostekni ishga solishga qaror qiladi... 
Janr: komediya, melodrama, 2015 yil 
Rejissyor: Matsey Deycher 
Namoyish vaqti: 21.12.2017, soat 18:30. 

2. “Sehrli qo'llar” (“Bogi”) - Film 1985 yilda Polshada yurakni ko'chirib o'tkazish bo'yicha ilk jarrohlik operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan taniqli polyak kardiojarrohi Zbignev Relig mehnat faoliyatiga bag'ishlanadi. 
Janr: drama, biografiya, 2014 yil 
Rejissyor: Lukash Palkovski 
Namoyish vaqti: 22.12.2017, soat 18:00. 

3. “Kanal” - taniqli rejissyor Andjey Vaydaning harbiy trilogiyasidan o'rin olgan ushbu film voqealari ikkinchi jahon urushi vaqtiga to'g'ri keladi. Mazkur kartina Kann kinofestivalining maxsus sovrini bilan taqdirlangan. 
Janr: drama, 1956 yil. 
Rejissyor: Andjey Vayda 
Namoyish vaqti: 22.12.2017y, soat 20:10 . 

4. “Aka-ukalar” – Harbiy asirlar haqidagi ta'sirchan voqealar aks etgan ushbu hujjatli filmda polshalik aka-uka Alfons va Mechislav Kulakovskiylarning qismati hikoya qilinadi. Ikki aka-uka sobiq Sovet Ittifoqidagi mehnat lageridan ona vataniga qaytishni niyat qiladi. Biri - rassom, ikkinchisi – olim bo'lgan bu og'a-inilarning orzusi qarilik davriga kelibgina amalga oshadi. Rejissyorning 7 yillik izlanishlari natijasida yuzaga kelgan ushbu film Lokarno, Leyptsig, Minsk kabi qator xalqaro kinofestivallarda sovrindor bo'lgan. 
Janr: hujjatli film, 2015 yil. 
Rejissyor: Voytsex Staron 
Namoyish vaqti: 23.12.2017y, soat 14:00. 

5. “Soya chizig'i” – Yozuvchi Jozef Konradning shu nomli avtobiografik povesti asosida rejissyor Andjey Vayda tomonidan suratga olingan film. Singapurga yo'l olgan kemaning yosh kapitani film bosh qahramoniga aylanadi. U safar davomida noqulay ob-havo sharoiti tufayli dengizning shavqatsiz sinovlari girdobida qoladi. Rejissyor ushbu voqealar rivojida qahramon harakterining o'ziga xos jihatlarini ochib beradi. 
Janr: drama, 1976 yil 
Rejissyor: Andjey Vayda 
Namoyish vaqti: 23.12.2017y, soat 16:00 . 

6. “Kul va olmos” - rejissyor Andjey Vaydaning harbiy trilogiyasidan o'rin olgan so'nggi – uchinchi film. Ikkinchi jahon urushining so'nggi damlarida ro'y bergan voqealar haqida hikoya qilinadi. 
Janr: jangari, 1958 yil 
Rejissyor: Andjey Vayda 
Namoyish vaqti: 23.12.2017y, soat 18:00.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech