| Агентство хакида

| Кино Тарихи

| Киностудиялар



Hujjatli film
Zamonaviy O’zbekiston hududidagi xronikal tasvirga tushirish ishlari 1887-yildan boshlanib, tasvirchilar Fransiya va Rossiyadan jalb qilinardi. 20-yillarning ikkinchi yarmidan xronika birinchi o’zbek kinostudiyasi «Sharq yulduzi» da suratga olina boshladi. Hujjatli kino muvaffaqiyatli rivojlanib 1928-yildayoq studiyada mahsus xronika bo’limi, 1934-yilda esa mustaqil xronika-hujjatli filmlar studiyasi tashkil etiladi, 60-yillarda “O’zbekfilm” studiyasining yonida «O'zkinoxronika» studiyasi barpo etiladi. Hujjatli kino tarixiga M. Qayumov, P.Pak, Sh. Zahidov, A Saidov, V.Shevchenko, O.Tursunov, D. Salimov, N. Ataullayeva, B. Muzaffarova, Sh.Mahmudov, S. Egay va boshqalarning nomlari abadiy bitilgan. O’zbek hujjatli film ustalari ko’plab xalqaro festivallarda ishtirok etishadi. Qoraqolpog’iston poytaxti Nukusda ham muustaqil hujjatli va badiiy filmlar studiyasi faoliyat yuritadi.