“O’zbekkino” Milliy Agentligi 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 16 mart 2004 yilgi “Kinematografiya sohasidagi boshqaruvni takomillashtirish” farmoyishiga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17 mart 2004 yildagi “O’zbekkino” Milliy agentligini tashkil etish to’g’risida” gi qaroriga asosan tashkil etilgan.
2005 yildan “O’zbekkino” Milliy Agentligi uchun quyidagi yillik ishlab chiqarish o’lchamlari belgilangan:
15 ta to’liq metrajli badiiy film yaratish;li>
40 bo’limdan iborat 20 nomdagi hujjatli va ilmiy-ommabop film, 10 multiplikasion kinofilm, 60 soatli ma’rifiy-tarbiyaviy, o’quv-qo’llanma videofilmlari ishlab chiqarish;
Har bir badiiy filmdan dubl-negativ, mamlakat mintaqalarida keng targ’ib etish maqsadida 15 tadan nusha va dunyo bozoriga olib chiqish maqsadida 2 tadan jahon tillaridagi subtitrli nushalar tayyorlash.
Respublikadagi 309 kinoteatrning 112 tasi faoliyat yuritagyotmoqda. Toshkent shaxrida 25ta,ularning 10 tasi faoliyat ko’rsatmoqda.
Davlat kinoteatrlari 5 ta,ular:
Alisher Navoi nomidagi «Kino Saroyi», Respublikadagi eng yirik kinoteatr - 7 ta zal: 1 zal 2000 o’rinli, 1 zal 500 o’rinli, 200 o’rinli ikki zal, 150 o’rinli ikki zal va 70 o’rinli 1 zal.
«Kinochilar uyi» - 4 ta zal. Katta zal 800 o’ringa ega, «Pushti zal» 200, Mini zal 70, Konferenc zal 50.
Samarqandda, «Sharq yulduzi» Kino saroyi va «Semruh» kinoteatri
Farg’onada Alisher Navoi nomidagi kinoteatr
Respublika bo’ylab ishlab chiqarish hususiy studiyalari – 110
Toshkentda 99.
2006 yilda:
Davlat ko’magi bilan suratga olingan:
10 ta badiiy film,
90 hujjatli va video filmlar
Hususiy studiyalar tomonidan:
29 badiiy film
“O’zbekkino” Milliy Agentligi tomonidan suratga olingan filmalar halqaro ekranlarda keng ko’rsatilgan.
“O’zbekkino” faoliyati doirasiga:
Kinovideofilmlar prokati sohasidagi tashkilot va korhonalar faoliyatini koordinasiya qilish;
Chet el va O’zbekistonda ishlab chiqarilgan filmlarning prokati uchun davlat ruhsatnomalari va lisenziyalarini berish;
Davlat kinematografiya tashkilotalrini tehnik qo’llab-quvvatlash;
Davlat buyurtmasi asosida suratga olinayotgan kin ova video filmlar ishlab chiqarilishini moliyalashtirish;
Milliy kinematografni mamlakat va chet elda targ’ib etish bo’yicha tadbirlarni tashkil qilish;
O’zbek kinofilmlarini halqaro kinofestival va kinobozorlarda namoyish qilish;