Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

 

«O‘zbekkino» MA faoliyatiga doir axborot ko‘rinishidagi sharh

 

2016 yilning 9 oyi davomida (15 sentabr holatiga) Davlat buyurtmasi asosida 12ta badiiy, 6ta multiplikatsion, «Zumrasha» bolalar jurnalining 7ta soni, 26ta hujjatli, ilmiy-ommabop filmlari ishlab chiqarishga tushirildi. Suratga olish ishlari tasdiqlangan kalendar rejasi asosida olib borilmoqda. 

Hisobot davrida Respublika bo‘yicha kinotarmoq 1 mln. 637 ming kishiga xizmat ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 136,7 foizga ko‘p. Aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmi 2015 yilning shu davriga nisbatan 122,8 foiz oshgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan «Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Nizomga binoan «O‘zbekkino» Milliy agentligi mazkur faoliyat turlarini litsenziyalash bo‘yicha ishchi organ sifatida belgilangan. 

Hisobot davrida ishchi organga murojaat etgan yuridik shaxslarlarga Vazirlar Mahkamasi tegishli kompleksining qaroriga binoan 77ta litsenziya rasmiylashtirilib berildi. 

Joriy yarim yillikda nodavlat studiyalari tomonidan suratga olingan 18ta film litsenziya talablari va shartlariga mos, 5ta film mazkur talablarga mos emas deb topildi. 

Kezi kelganda aytib o‘tish lozim, tijorat filmlariga ixtisoslashgan studiyalar yengil-yelpi, sayoz filmlar yaratish bilan band bo‘lib qolishmoqda. Buning natijasida kino san’ati ravnaqiga befarq bo‘lmagan oddiy tomoshabindan tortib soha mutaxassislarining ham o‘rinli e’tirozlari kelib chiqmoqda. Buning asosiy sababi esa tijorat filmlarning badiiy-g‘oyaviy nuqtai nazardan tartibga soluvchi tegishli me’yoriy hujjatning hanuz ishlab chiqilmagani edi. 

Bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Bunga ko‘ra litsenziat tomonidan tayyorlangan yoki horijdan namoyish uchun olib kirilayotgan audiovizual asarlarni ko‘rib chiqib, xulosa beruvchi Ekspertlar guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga huquqiy asos yaratiladi. Shu bilan birga, audiovizual asarlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda. 

Davlat filmlarni ishlab chiqarish va namoyishiga ruxsat berish jarayoni izchil davom etmoqda. 2016 yilning 9 oyi davomida (15 sentabr holatiga ) 13 marta Badiiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishlarda 12 ta badiiy film, 4 ta multiplikatsion film ko‘rigi, 29 ta badiiy film ssenariysi muhokamaga qo‘yildi. 

 

Agentlik buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilgan «Baron», «Xazonrezgi», «Oyqiz ertagi», «Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar» (S.Nazarmuhamedov), “Zurriyot”
(A.Mignarov) nomli badiiy filmlar hamda "No'xotpolvon" multfilmning 1-3-qismlari, “Qari bilganini pari bilmas”, “Bo'ynoq”, “Rustam va Said” (1-qism) multfilmlari qabul qilinib, namoyishga ruxsat berildi. 

Filmlar ishlab chiqarish rejasi asosida “Ma’suma» (Y.To‘ychiyev), "Muqaddas istak" (H.Nasimov), “Somon yo’li"(Z.Musoqov), “Isnod” (R.Muhammadjonov) , “O’qilmagan xat” (M.Mardonov) nomli badiiy filmlarni suratga olish ishlari davom etmoqda. “Rishta” (M.Oxunov) hamda “So’nggi pushaymon" (N.To’laxo’jayev) nomli badiiy filmlarning suratga olish ishlariga tayyorgarlik ketmoqda.  

Shuninigdek, YoTIU “5-studiya” sida “Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnalining 4ta to’plami yakunlandi. 5-6-7-to’plamlari ishlab chiqarish jarayonida.


O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bo‘yicha 2016 yil 9 oylik holatiga ko‘ra ishlab chiqarilgan va suratga olish jarayonidagi hujjatli filmlar haqida ma’lumot

 

O‘zbekkino” Milliy agentligi “Filmlar va boshqa kinomahsulotlarni tematik rejalashtirish, ssenariylar portfelini shakllantirish va tahlil qilish xizmati” bo‘limida 2016 yilning 9 oylik holatiga ko‘ra umumiy hisobda 26 ta hujjatli film ishlab chiqarishga tushirldi. Shulardan 16 ta film qabul qilinib, qolgan 10 tasi ishlab chiqarish jarayonida.

Jumladan, “Shahrisabz – qadimiy, betakror, navqiron”, “Adabiyot sarmanzillari”, “Jampiq qal’a”, “Adabiyot sarchashmasi”, “Ohanglarda yashayman hamon...” , “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!”, “Osuda hayot qadri”, “Qadriyatlar maskani”, “Elning suyanganlari”, “Mo‘’jizakor iste’dod”, “Mehrdan yaralgan mo‘’jiza” (“Iroda”), “Mustahkam rishtalar”, “Sog‘lom kelajak”, “Maktub” , “Asr qurilishi”, “Qalbi daryo inson” kabi hujjatli filmlar suratga olinib, Badiiy kengash Qarori asosida qabul qilindi.

Hozirda “O‘zbekistonda bag‘rikenglik madaniyati” (“O‘zbekiston 25 yil ichida”) “Yosh hunarmandlar”, “O‘zbekiston. Yuksalish bosqichlari” kabi hujjatli filmlar Badiiy kengash muhokamasiga taqdim etilish arafasida.

“Haq yo‘li , albatta, bir o‘tilgusi”, “Hakim at- Termiziy”, “Guliston bo‘stonga aylanmoqda”, “Vaziyat”, “Men– shu yurt fuqarosiman” , “Qalb amri”, “Ikroma Boltayeva” (“Qashqadaryolik Dezdemona”) kabi hujjatli filmlar esa suratga olish jarayonida.

Shuningdek, 2016 yil davomida tayyorlanadigan hujjatli filmlar ijodiy rejasiga ko‘ra, “Umrboqiy siymolar” rukni ostida taniqli kinooperator, o‘zbek kino san’atiga beqiyos ulush qo‘shgan inson Hotam Fayziyevning hayoti va ijod yo‘li haqida hikoya qiluvchi “Tasvir sehrgari”, O‘zbekiston xalq artisti San’at Devonov haqida, yana O‘zbek xonandasi va opera artisti Saodat Qobulovaning 90 yilligiga bag‘ishlangan film-portretlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Istiqlol yillarida yurtimizda temir yo‘l sohasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarni, jumladan Angren-Pop temiryo‘l qurilishini o‘zida aks ettiruvchi “Vodiyni bog‘lagan yo‘l” nomli hujjatli film suratga olinishi rejalashtirilgan.

 

Файл
Yuklab olmoq
Hajmi: 222.54 KB




Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech