Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Direktor:
Odilov Bahodir Komilovich

Aloqali ma'lumotlar:

Tel.: +998 71 277-03-50
Email: kinoxronika@uzbekkino.uz
Manzil: Toshkent sh. Chilonzor tumani, Chilonzor ko'chasi, 1a-uy

Ссылка на сайт:


O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi 1934 yilda tashkil etilgan. Kinostudiya tashkil etilgan dastlabki yillarda asosan O‘zbekiston miqyosida sodir bo‘layotgan siyosiy voqealar suratga olinar edi. Keyinroq esa hujjatli filmlar ham ishlab chiqarila boshladi.

Bu davr ichida kinostudiyada minglab hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar yaratildi.

Bugungi kunda hujjatli filmlar kinostudiyasi Markaziy Osiyoda yagona studiya hisoblanib, noyob filmlar va tasvirlar “O‘zbekiston Respublikasi Kino, surat va ovozli xujjatlar Markaziy davlat arxivi”da saqlanadi.

Uzoq yillar taniqli hujjatchi kinooperator M.Qayumov boshchiligida ko‘plab mahoratli kino ustalari yetishib chiqdi va keyinroq D.Demutskiy, Y.A’zamov, Z.Sobitov, N.Otaullayeva, L.Fayziyev, D.Salimov va Sh.Mahmudov kabi hujjatli kino ustalari studiyada shakllangan an’analarni davomet tirishdi.

Ularning aksariyati o‘z vaqtida davlatimizning turli unvonlari vamukofotlariga sazovor bo‘lgan. Bu ijodkorlar turli mavzularda kartinalar yaratib, nafaqat O‘zbekistonda, balki ko‘plab mamlakatlarda obro‘ topdi. Xususan, kinostudiyada yaratilgan 20 dan ortiq kinofilmlar nufuzli xalqaro kinofestivallarda bir necha bor bosh sovrin bilan taqdirlandi. Misol tariqasida «Askiya», «O‘n uch qaldirg‘och», «Mirzacho‘l», «Paranji», «Bobo», «Shoqol» «Askar frontdan qaytdi», «Og‘riq», «Qorako‘l» filmlarini keltirish mumkin.

Bugungi kunda ham hujjatli filmlar kinostudiyasi ijldkorlari har yili 40 dan ortiq hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar yaratib, o‘z muxlislariga tortiq qilib kelmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech