Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Direktor:
Muxtorova Gulnora Bahodirovna

Aloqali ma'lumotlar:

Tel.: +998 71 245-89-76
Email: kinomuzey@uzbekkino.uz
Manzil: Toshkent sh. Islom Karimov ko'chasi, 98-uy

O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi 1972 yili tashkil topgan.

2005 yilning fevral oyida “O‘zbekkino” Milliy Agentligi ko‘magida Kinochilar uyining 2-qavatida O‘zbekiston Kinosan’ati muzeyining yangi ekspozitsion zali ochildi.

Muzey fondida 40 mingdan ortiq eksponat bo‘lib, shulardan 5 mingdan ortig‘i ekspozitsiyadan o‘rin olgan.

Bu ekspozitsiyalar o‘zbek kinosining tashkil topgan davridan boshlab, ya’ni 1924 yildan to hozirgi davrgacha o‘zbek kino san’ati bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini yoritadi.

Kino muzeyi rang-barang va boy mavzulardagi ekspozitsiyaga ega:

1) O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlari mahsuloti;

2) O‘zbek kinosining tug‘ilishi va ovozsiz filmlari – 20-30 yillar;

3) O‘zbek kinosining ovozli davri – 1937 y.;

4) O‘zbek kinosi – 40 yillarda Tarixiy filmlar;

5) O‘zbek kinosi durdonalari 50-80 yillar;

6) Ekranda – zamondoshlar. Mustaqillik davrida yaratilgan filmlar;

7) Ekran – bolalar uchun – multfilmlar;

8) Kinofestivallar

Shuningdek, muzeyda kinoga doir noyob fotosuratlar, ssenariylar, eskizlar, kinofilmlar, eski kino apparaturalari, murakkab suratga olish sahnalarining loyihalari, filmlarga ishlangan tarixiy liboslar, afishalar, butafor buyumlari joy olgan. Fondda YuNESKOning oltin fondiga kirgan nodir o‘zbek filmlari ham saqlanadi.

Muzeyda XX asr boshlaridan bugungi kungacha bo‘lgan o‘zbek milliy kinosiga oid qiziqarli materiallar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Muzeyning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
- Respublikada yagona bo‘lgan kinosan’ati muzeyining asosiy vazifasi O‘zbekiston kinosining yaratilish tarixi va taraqqiyot jarayonini, uning chinakam ijodiy va texnik qudratini o‘rganish, jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyatini hisobga olgan holda, bu sohani umumbashariy va milliy qadriyatlar uyg‘unligi asosida targ‘ibot ishlarini olib boradi.
- Kino san’ati muzeyi O‘zbekiston kino san’ati tarixini tadqiq etish va ilmiy-uslubiy, ilmiy oqartuv va ko‘rgazma markazi hisoblanadi. Shuningdek O‘zbekiston kinosi tarixi materiallarining asosiy arxiv xazinasidir.
- Muzeyning faoliyati asosiy va negativ fondini tashkil etuvchi materiallarni: «O‘zbekfilmning 20-yillardan boshlab hozirgi kunlarimizgacha bo‘lgan barcha kino mahsulotlarini, dastlabki kinolentalar, filmlar, fotonegativlar, mashhur kinoustalarining oilaviy kino arxivlari, sovrinlari, diplomlari, yodgorliklari, afishalari, barcha kino arboblarining shaxsiy arxivlari, murakkab s’yomkalarning maketlari, multfilmlarning tarxlari va maketlari, turli davrdagi kinoapparat va kinotexnika turlari, yetakchi kinosan’atkorlarning filmlariga ishlangan eskiz va suratlar, barcha kinoanjumanlarning materiallari to‘plami, o‘rganish va to‘ldirishga qaratilgan.
- Muzeyning faoliyati ko‘rgazmalarni ilmiy-oqartuv ishlari uchun asosiy baza hisoblangan, aholini kinosan’ati vositasi bilan ma’naviy-badiiy jihatdan shakllantiradigan kinolektoriylarni tashkil etishga qaratilgan. Muzey O‘zbekiston kino san’ati tarixi borasidagi bilimlarni tarqatadi, kino san’atining bir turi sifatida tashviqot qiladi.
- Kino san’ati muzeyi quyidagi ilmiy-ekspozitsion bo‘limlardan iborat: badiiy kinematografiya, ilmiy-ommabop kinematografiya, multfilmlar, ommaviy ilmiy-oqartuv ishlari, ilmiy kutubxonalar, ilmiy arxivlar, ko‘rish zali.
Muzey belgilangan tartibda byudjetli hamda xo‘jalik hisobidagi laboratoriyalar va maxsus ustaxonalarga ta’mirlovchi, bezatuvchi fotolaboratoriyalar va hakozolar. Shuningdek o‘zining kinovideo klubi va kinozaliga ega bo‘lishga xaqlidir. 
- ilmiy axborotlarning amaliy bankini tashkil qiladi.
- muzey faoliyatidagi ilmiy-ekspozitsion ishlar.
Muzey o‘z ixtisosi va vazifasiga muvofiq O‘zbekiston kino san’ati muzeyi O‘zbek kinosi tarixini har taraflama o‘rganish va ekspozitsiyalarni yaratish maqsadida, fondlarni ilmiy asosda to‘ldirishni amalga oshiradi.
Davlat arxivlaridan davlat filmlar fondida, kinostudiyalar, kinobirlashmalar va muassasalar arxivlarida, kutubxonalarda va xokazolarda saqlanayotgan materiallarni aniqlaydi va o‘rganadi.
Kino san’ati xodimlari va aholi o‘rtasida materiallar to‘plashni tashkil etadi.
Eslatma: Muzeyga zarur bo‘lgan materiallar sovg‘a yo‘li bilan qabul qilinadi.
- to‘plangan materiallarni mavjud yo‘riqnomalar va metodik qo‘llanmalarga muvofiq hujjatlashtirildi;


Файл
Yuklab olmoq
Hajmi: 146.46 KB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech