Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


        "O'zbekkino" Milliy agentligi huzuridagi O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi milliy kinematografiyani rivojlantirish yo‘lida faol ishtirok etayotgan kino san’ati arboblarini birlashtiruvchi davlat muassasidir. 

Uyushma ilk marta "O‘zbekiston kinematografchilar uyushmasi" sifatida 1958 yil 14 avgustda O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining qarori bilan tashkil qilingan edi. 

Keyinchalik 1996 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan “O‘zbekkino” Davlat aksionerlik kompaniyasi qoshida O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasi o‘z faoliyatini boshlagan. 

2004 yilning 16 martida “Kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi va 2004 yilning 17 martida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zbekkino” DAK “O‘zbekkino” Milliy agentligi sifatida qayta tashkil qilindi.  

2017 yilning 28 dekbrida esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №1030-sonli qarori e'lon qilindi va unga ko'ra "O'zbekkino" Milliy agentligining Nizomi va uning qoshidagi "O'zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi"ning Ustavi tasdiqlandi.

Uyushma faoliyati ixtiyoriylik, teng huquqlilik, o'zini-o'zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik prinsiplariga asoslanadi. Uyushmaning asosiy maqsadi milliy kino san'atining boy an'analari va yutuqlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, odamlarning ma'naviy kamolotida kino san'atining o'rnini yuksaltirish, zamon talablari darajasidagi yetuk asarlar yaratish, ularda milliy an'analarni ulug'lash orqali umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etish, jahon kino san'ati sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlardan unumli foydalanish, shuningdek, kinoijodkorlarning professional va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini, sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishdan iborat.

O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasining kinorejissyor, ssenarist, kinooperator, aktyor, rassom, bastakor kabi kasb egalaridan iborat 267 nafar a’zosi bor. 

Uyushmani "O'zbekkino" Milliy agentligi huzuridagi xay'at tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshqaradi. 

O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi — vakant. 

O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasining shtat jadvali quyidagicha: 

§ O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi raisi;

§ O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi raisinig o‘rinbosari;

§ Tashkilotchi rejissyor;

§ Referent-kotib.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech