Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O‘zbekkino” Milliy agentligi va Gruziya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi tashabbusi bilan joriy yilning 18-20 dekabr kunlari poytaxtimizda “Gruzin kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Mazkur madaniy tadbirning tantanali ochilish marosimi 18 dekabr kuni soat 17:00da Respublika Kinochilar uyida boshlanadi. 
Shu munosabat bilan tashkil etilayotgan matbuot anjumanida “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbariyati va Gruziya Respublikasining yurtimizdagi favqulotda va muxtor elchisi Konstantin Jgentining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Gruzin kinosi kunlari”da ishtirok etish uchun Gruziyadan Baadur Suladze (rejissyor, aktyor, ssenarist, boshlovchi), Elgudja Burduli (aktyor, xonanda), Zurab Kipshidze (aktyor), Dali Okropiridze (kinoshunos), Georgiy Nakashidze (aktyor) kabi taniqli kinoijodkorlarning tashrifi kutilmoqda.

“Gruzin kinosi kunlari”ning 
DASTURI

18 dekabr 
17:00 - “Gruzin kinosi kunlari”ning tantanali ochilish marosimi
18:00 - 19:30 - “Keto va Kote” (rejissyorlar: V.Tabliashvili va Sh.Gedevanishvili)
21:00 - 22:30 - “Birinchi qaldirg‘och” (“Pervaya lastochka”) (rejissyor: N.Mchedlidze)

19 dekabr
12:00 - 13:30 - “Kuzgi quyosh” (“Osenneye solnse”) (rejissyor: T.Palavandishvili)
15:00 - 16:30 - “Veriy mavzesi taronalari” (“Melodii Veriyskogo kvartala”)
(rejissyor: G.Shengelaya) 
18:00 - 19:30 - “Bedorlar quyoshi” (“Solnse nespyaщix”) (rejissyor: T.Babluani) 

20 dekabr
12:00 - 13:30 - “Yakka ovchi” (“Odinokiy oxotnik”) (rejissyor: K.Dolidze)
15:00 - 16:30 - Gruzin qisqa metrajli filmlari 
18:00 - 19:30 - “Oshiq oshpazning 1001 retsepti” (“1001 retsept vlyublennogo 
kulinara”) (rejissyor: N.Djordjadze)

“Gruzin kinosi kunlari” doirasidagi barcha namoyishlar Respublika Kinochilar uyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Namoyishlarga kirish bepul.

Пресс-релиз
Скачать файл
Размер: 484.36 KB
Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech