Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ssenariy muallifi:

G‘afur Shermuhammad

Postanovkachi rejissyor:

Farhod Xudoyberdiyev

Postanovkachi operator:

Sulton Mirzaahmedov

Rollarda:

Erkin Komilov, Farhod Abdullayev, Tolib Mo‘minov, Rajab Adashev, Mamasoli Yusupov, Jamila G‘ofurova, Ilmira Rahimjonova va boshqalar

«Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi doirasida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan «San’at-ma’no» kinostudiyasida komediya janridagi «Barakasini bersin» badiiy filmi suratga olindi. Filmni tasvirga olish ishlari 2015 yilning mart-may oylarida Toshkent viloyati Parkent tumanining Kumushkon tog‘ yon-bag‘irlarida amalga oshirildi, ishlab chiqarish jarayoni avgust oyida yakuniga yetdi.

Farhod Xudoyberdiyev rejissyorligida suratga olingan mazkur filmda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan halollik, bag‘rikenglik, keksalarni hurmat va izzat qilish, ardoqlash, ularning boy hayotiy tajribalari asosidagi nasihatlariga quloq tutish, duoi fotihalarini olish kabi ezgu fazilatlar hamda tarixiy qadriyatlarimiz haqida hikoya qilinadi.

Kartina bosh qahramonlari – Haydar buva bilan Shomirza kunlarning birida bozorda echki sotadi. Kutilmaganda echki yana Shomirzanikiga qaytib keladi. Aksiga olib, qahramonlar echkini xarid qilgan odamning ismini ham, qaysi qishloqda yashashini ham so‘ramagan. Nima qilib bo‘lsa-da o‘zganing omonatini o‘ziga qaytarish kerak – ular o‘ylay-o‘ylay qochoq echkining yangi egasini topish niyatida yo‘lga chiqadi. Bu jarayonda ikki qariya qiziq hangomalarni, kutilmagan voqealarni boshdan kechiradi...

Ma’lumot uchun, «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturiga muvofiq, «O‘zbekkino» Milliy agentligiga o‘zbek xalqining keksalarni e’zozlash bo‘yicha ko‘p asrlik qadriyatlari va an’analarini aks ettiradigan bitta to‘liq metrajli badiiy film, o‘zbek xalq ertaklari motivlari bo‘yicha «Qari bilganni pari bilmas» multplikatsion filmlari turkumini, har yili bosh qahramonlari keksalar bo‘lgan bitta badiiy film yaratish kabi vazifalar yuklatilgan.

Mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekfilm» kinostudiyasining multbirlashmasida «Qari bilganni pari bilmas» multplikatsion filmlari turkumini yaratish ishlari davom etmoqda, Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi tomonidan «Umrboqiy siymolar», «Zamon va taqdirlar» turkumida taniqli akademik olimlar, O‘zbekiston xalq rassomlari, O‘zbekiston xalq artistlari kabi shaxslarning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyati haqidagi jami 10dan ortiq hujjatli filmlarni suratga olish ishlari davom etmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered by GSpeech