Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo komissiyasining madaniy-gumanitar masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, «O‘zbekkino» Milliy agentligi tashabbusi bilan 7-10 sentyabr kunlari poytaxtimizda Xitoy kinosi kunlari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan o‘tkaziladigan matbuot anjumanida «O‘zbekkino» Milliy agentligi rahbariyati va Xitoy Xalq Respublikasining yurtimizdagi elchixonasi vakillari, jumladan, elchixonaning muvaqqat ishlar vakili Szo Yan Vey va birinchi kotibi Jen Yangan ishtirok etadi. Kino kunlari davomida Xitoy Davlat matbuot, noshirlik, radioeshittirishlar, televideniye va kinematografiya bosh boshqarmasi vakillari Luan Chjigo, Lu Syumin, Yan Pen, Chjan Yuyesyao, shuningdek, kino kunlarini ochib beruvchi film — «Tyanshan» kinofabrikasi tomonidan suratga olingan «Samimiy sevgi» (Genuine Love) kartinasi rejissyori Sherzod Yoqub hamda filmda bosh rollardan birini ijro etgan aktrisa Qunduz Zaytayaning O‘zbekistonda bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, madaniy tadbir doirasida Cheang Pou-Soyning «Maymunlar qiroli» (The Monkey King), Chen Ganning «Chet ellik enaga» (When Peking Family Meets a foreign Aupair), Vong Kar-Vayning «Buyuk usta» (The Grandmaster), Van Jinguanning «Ili daryosi» (Never Look Back), Vey Shining «Parom» (The Ferry) filmlari – jami olti kartina tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi, shuningdek, Xitoy delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti va Respublika Baynalmilal madaniyat markazida uchrashuvlar o‘tkazadi. Kino kunlarini ochib beruvchi film o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan, qolgan barcha filmlar rus tilidagi subtitrlarda namoyish etiladi. Xitoy kinosi kunlari doirasidagi barcha namoyishlar Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Click to listen highlighted text! Powered by GSpeech