| About Agency

| Film History

| Film Studios



O’zbekiston kino san’at muzeyi 

O’zbekiston kino san’at muzeyi 1972- yilda tashkil etilgan

Muzeyning maqsadi – O’zbek kino san’atini keng targ’ib qilish. Muzey fondida 20-50 yillarga oid 30 mingdan ziyod fil’mlarning foto negativlari, kino apparaturalar, o’zbek kino ustalarining portretlari, fil’m montajlari va ssenariylari kabi eksponatlar saqlanadi.

2005- yil 22- fevralda muzeyning doimiy ekspozitsiyasi ochildi.

Muzey manzili :

Toshkent shahar
O’zbekiston ko’chasi 98- uy
Tel: 245-89-76

Prezidentimiz I. Karimov boshchiligida yurtimizda madaniyat va san’atni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Kinochilar uyida O’zbekiston kono san’at muzeyi ochildi. Muzeyning ochilishida “O’zbekkino” M. A bosh direktori Murod Muhammad Do’st, “Tohir va Zuhra” fil’midagi Tohir roli ijrochisi G’ulom Tojialoyev, kinoshunos Xanjar Abulqosimovlar ishtirok etdi.

Endilikda kinoihlosmandlari o’zbek kinematografiyasi tarixi bilan yanada ko’proq tanishish imkoniyatiga ega bo’lishlari uchun muzeyda yangi ekspozitsiyalar tashkil etilgan. Unda 25 mingga yaqin kinoga oid eksponatlar o’rin olgan. Masalan, kinoeskiz, fotonushalar, arxiv materiallari, tarixiy tasvir va kadrlar mavjud. Milliy kino san’ati durdonalari hisoblanmish, “Tohir va Zuhra”, “Mahallada duv-duv gap”, “Shum bola” kabi fil’mlarning yaratilishi haqida yanada to’liqroq ma’lumotlar muzeydan o’rin olgan. Shuningdek, Xudoybergan Devonov, Sulaymon Xo’jayev, Nabi G’aniyev, Komil Yormatov va boshqa bir necha o’zbek kinosi asoschilarining ijod namunalari bilan ham tanishishlari mumkin. Ekspozitsiya XX - asr boshlari hamda bugungi kun kino san’ati haqida hikoya qiladi.