| About Agency

| Film History

| Film Studios



Badiiy film

O’zbek badiiy kinosi tarixi – 1925-1935 yillar mobaynida badiiy kino o’zagiga asos solindi.

Rejissyorlardan N. G’aniyev, S. Xo’jayev, E. Hamroyev, Y. A’zamov , M. Doronin, B. Dobrojanskiy, A.Dori va boshqalar bu san’at turning oyoqqa turib olishiga katta xissa qo’shdilar. Yuqorida qayd etilgan 10 yil mobaynida yaratilgan “Ikkinchi xotin”, "Tiklanish", "Ramazon", "Tong oldidan", "Ravot qashqirlari" kabi fil’mlar mazkur davr ichida o’zbek xalqi xayotida yuz bergan eng muhim voqealar haqida hikoya qiladi.

1936 - yilda yaratilgan "Qasam" nomli birinchi ovozli fil’m o’zbek teatri aktyorlariga kino sari yo’l ochdi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida yurtimizga evakuatsiya qilingan Rossiya, Belarussiya, Ukraina kinematograflarini birlashtirgan. "Toshkent kinostudiyasi" tashkil etildi. Taniqli kinorejissyor M. Rimm mazkur studiyaninng badiiy raxbari etib tayinlandi.

Urushdan keyingi yillarda N. G’aniyevning "Tohir va Zuhra", "Nasriddinning sarguzashtlari" hamda K. Yormatovning "Alisher Navoiy" fil’mlari xalqimiz hayotida muhim voqealar bo’ldi va o’zbek kinosining chet ellarda nom chiqarishiga sabab bo’ldi.

50 - yillar ijodiy kuch to’plash, yangi studiya qurish davri bo’lib, unda ishlash uchun turli ixtisoslikdagi kinematografchilar tayyorlandi. Shuning uchun ham 60- yillar, ya’ni kinochilarning yangi avlodi ish boshlagan davr o’zbek badiiy kinosining ijodiy yuksalish davriga aylanib, bu mobaynida Sh. Abbosovning "Sen etim emassan", "Toshkent – non shahri", E. Eshmuhammedovning "Nafosat" va "Sevishganlar" U. Nazarovning "Hayot tunda o’tib ketdi", Y. A’zimovning "O’tgan kunlar", L. Fayziyevning "Sinchalak’, R. Botirovning "41- yil olimlari" kabi fil’mlar yaratildi.

70 - yillarda bollalar kinosi muvaffaqiyat bilan rivojlandi, telefonlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi va xorijliklar bilan hamkorlikda fil’mlar yaratish amalgam oshirildi. Bunga tomoshabinlar orasida muvaffaqiyat qozongan rejissyorlar L. Fayziyev va U. Mira (Hindiston) ning "Alibobo va qirq qaroqchining sarguzashtlari" fil’mi yaqqol misol bo’lib xizmat qiladi.

80 - Yillarda o’zbek kinosida ijtimoiy mavzuga keng e’tibor qaratilib, bu R. Malikovning "Klinika", S.Boboyevning "Yiqilish alami", J. Fayziyevning "Siz kimsiz?", Z. Musoqovning "Askar ertagi", S. Davletovning "Gum-Gum" fil’mlarida o’zining yorqin ifodasini topdi.

1986 - yilda "Debyut" Ijodiy uyushmasi yaratildi. Bu esa, 1987- yilda yosh kinematografchilarga ularning kino olamidagi ilk mustaqil qadamlarida yordam beruvchi "5-studiya"ga aylantirildi.